Foto: «Zen.yandex.ru»
Singapurlik olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida kamida uch hafta saqlanishi mumkin. Tegishli maqola «bioRxiv» ilmiy nashrida chop etilgan.
«Laboratoriya tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, SARS-CoV-2 xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari savdosida transportda tashish va saqlash bilan bog‘liq vaqt va harorat sharoitlariga bemalol bardosh beradi. SARS-CoV-2 bir bo‘lak tovuq, losos va cho‘chqa go‘shtiga qo‘shilganda Selsiy bo‘yicha +4 (standart sovitish) va Selsiy bo‘yicha -20 (standart muzlatish) darajada 21 kundan keyin ham yuqumli virus darajasi pasayishi kuzatilmadi», — deyiladi tadqiqotda.
«Import qilingan zararli oziq-ovqat mahsulotlari virusni ishchilarga yuqtirishi mumkin. Shu bois zararli oziq-ovqat mahsulotlari chaqirgan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashni, birinchi o‘rinda, asosiy manbadan, ya’ni oziq-ovqat sanoati bilan bog‘liq joylardan boshlash kerak. Buning uchun qo‘llarni tez-tez yuvish, oziq-ovqat mahsulotlariga tegadigan buyumlarning yuzasini, material va idishlarni toza saqlash kerak», — deya ta’kidlanadi olimlarning maqolasida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi