23:08 / 20.08.2020
2 347

Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida COVID-19 saqlanib qolish-qolmasligi aniqlandi

Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida COVID-19 saqlanib qolish-qolmasligi aniqlandi
Foto: «Zen.yandex.ru»
Singapurlik olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida kamida uch hafta saqlanishi mumkin. Tegishli maqola «bioRxiv» ilmiy nashrida chop etilgan.

«Laboratoriya tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, SARS-CoV-2 xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari savdosida transportda tashish va saqlash bilan bog‘liq vaqt va harorat sharoitlariga bemalol bardosh beradi. SARS-CoV-2 bir bo‘lak tovuq, losos va cho‘chqa go‘shtiga qo‘shilganda Selsiy bo‘yicha +4 (standart sovitish) va Selsiy bo‘yicha -20 (standart muzlatish) darajada 21 kundan keyin ham yuqumli virus darajasi pasayishi kuzatilmadi», — deyiladi tadqiqotda.

«Import qilingan zararli oziq-ovqat mahsulotlari virusni ishchilarga yuqtirishi mumkin. Shu bois zararli oziq-ovqat mahsulotlari chaqirgan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashni, birinchi o‘rinda, asosiy manbadan, ya’ni oziq-ovqat sanoati bilan bog‘liq joylardan boshlash kerak. Buning uchun qo‘llarni tez-tez yuvish, oziq-ovqat mahsulotlariga tegadigan buyumlarning yuzasini, material va idishlarni toza saqlash kerak», — deya ta’kidlanadi olimlarning maqolasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida COVID-19 saqlanib qolish-qolmasligi aniqlandi