
Foto: Reuters
Uch kun ichida kasallik yuqtirish holatlari bir milliontaga ko‘paydi.
Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari 23 milliondan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.
Uch kun ichida bir millionta yangi holat qayd etildi: 19 avgustda kasallanganlar soni 22 mln edi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 800 mingdan oshdi.
Bemorlar soni bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda —5,6 mln kishi. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (3,5 mln), uchinchi o‘rinda esa Hindiston turibdi (2,9 mln). to‘rtinchi o‘rinda Rossiya joylashgan: 951,8 ming bemor. Yuqori beshlikni JAR yakunlagan - 603,3 ming bemor.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha yana quyidagi mamlakatlar yuqori o‘ntalikdan joy olgan:
Peru — 576 ming;
Meksika — 599,7 ming;
Kolumbiya — 522 ming;
Chili — 395,7 ming;
Ispaniya — 386 ming. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar