
Foto: Reuters
AQSH oziq-ovqat va dori-darmonlarni tartibga solish bo‘yicha agentligi direktorining o‘rinbosari, amerikalik virusolog Konstantin Chumakov AQSHda nima uchun koronavirus bilan kasallanganlar juda ko‘p qayd etilgani masalasiga izoh berdi.
Uning fikricha, yuqumli kasalliklar tarqalishining asosiy omillaridan biri Amerika aholisining mamlakat ichida va chet elda harakatchanligidir.
Bundan tashqari, virusologning ta’kidlashicha, Osiyo va Yevropada, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilmaydigan odamlarni politsiya tomonidan ta’qib qilinishiga qadar bo‘lgan choralari ko‘riladi, AQSHda esa bunday emas.
AQSH koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda egallab turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 5 638 633 kishida kasallik aniqlangan. 179 ming nafardan ko‘proq odam ushbu infeksiya qurboni bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar