Foto: EPA
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni undan tuzalganlar soniga asta-sekin yaqinlashmoqda. Bu haqda 28 avgust kuni «TASS» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi bir haftada dunyoda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1,8 million kishini, undan sog‘ayganlar soni 1,45 million kishini tashkil etdi.
Umumiy hisobda esa dunyo bo‘yicha 24,5 million kishida COVID-19 tasdiqlangan, shundan 16 million nafari sog‘aygan. Virusdan o‘lim holati shartli darajasi minimali ham yangilanib, 3,4 foizgacha tushgan.
Shu bilan birga, G‘arbiy yarimsharda kasallanish kamaymoqda, Sharqiy yarimsharda esa keskin oshmoqda. Yevropada virusning jiddiy avj olishi Fransiya va Ispaniyada kuzatilmoqda, bir qator davlatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya va Turkiyada virus tarqalishi bahorgi darajasiga qaytdi.
Bir qator mutaxassislarning ta’kidlashicha, kasallanganlar soni keskin oshishi qator davlatlarda virusni aniqlovchi test sinovlari qamrovining oshishi bilan izohlanmoqda.
O‘tkazilgan test sivovlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egallagan bo‘lib, u yerda 90 milliondan ortiq test o‘tkazilgan. AQSHda bu ko‘rsatkich 80 millionga yaqinlashdi. Undan keyingi o‘rinlarni Hindiston (taxminan 40 million) va Rossiya (35,7 million) egallagan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus esa 20 avgust kuni insoniyat koronavirusni kamida 2 yil muddatda yengishga qodir, degan fikrni bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?