Foto: RedBull
Ayrim uchuvchilar parvoz vaqtida noma’lum uchar jismlar bilan to‘qnash kelganini gapiradi, biroq ularning hikoyasidan Los-Anjelesga qo‘nishni amalga oshirish vaqtida reaktiv kiyimdagi noma’lum erkakni ko‘rgan American Airlines uchuvchisiniki oshib tushdi. Bu vaqtda ular taxminan 914 metr balandlikda bo‘lgan, deb yozadi Fox 11.
Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda u Los-Anjelesdan 10 mil uzoqlikda bo‘lgan. Shu payt samolyot qanoti yonidan bir erkak uchib o‘tgan. Havo kemasi kapitani bu haqda aeroportdagi aviadispetcherni ham ogohlantirgan, buni qayd etilgan yozuvlardan tekshirish mumkin. Samolyot va reaktiv kiyimdagi erkak bir xil balandlikda taxminan bir-biridan 300 metr uzoqlikda bo‘lgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi holatga SkyWest aviakompaniyasi uchuvchisi ham duch kelgan. Reaktiv kiyimdagi erkakning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda. Bu kabi g‘ayrioddiy holatlar faqat Los-Anjeles yaqinida sodir bo‘lmoqda. Holat yuzasidan FQB tergov ishlarini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avgust o‘rtalarida AQSH Mudofaa vazirligi noma’lum uchar jismlar (NUJ) paydo bo‘lish holatlarini kuzatuvchi ishchi guruhni tuzgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi