13:13 / 03.09.2020
1 895

Tramp uch oy ichida ovoz berish bo‘yicha Bayden bilan orasidagi farqni 7 foizgacha qisqartirdi

Tramp uch oy ichida ovoz berish bo‘yicha Bayden bilan orasidagi farqni 7 foizgacha qisqartirdi
Foto: USA news posts
AQSH prezidenti Donald Tramp uch oy ichida saylovlardagi asosiy raqobatchisi Jo Bayden bilan oradagi farqni 5 foizga qisqartirib, hozirda undan 7 foizga ortda qolmoqda. Bu haqda USA Today nashri Bostondagi Saffolk universiteti bilan o‘tkazilgan qo‘shma so‘rovnomaning natijalariga tayanib xabar qilgan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra respondentlarning 50 foiz qismi ayni vaqtda Bayden uchun ovoz berishga tayyor, Tramp uchun esa ishtirokchilarning 43 foizi ovoz berishi mumkinligini aytgan. Qolgan 7 foiz qatnashchi prezidentlik saylovlari vaqtida kimga ovoz berishlari borasida bir to‘xtamga kelmaganligini bildirgan.

Iyun boshida demokratlar yetakchisi amaldagi prezidentdan 12 foizga oldinlab ketgandi. So‘rovnoma ishtirokchilarining har uchtadan bittasi Bayden maqbul nomzod bo‘lgani uchun emas, balki Trampni prezidentlik kursisida ko‘rishni istamagani uchun shunday javob bergan. Tramp tarafdorlari orasida Baydenni hukumatda ko‘rishni istamaydiganlar 11 foizni tashkil qiladi.

Bundan tashqari har to‘rtinchi respondent o‘zi ovoz bergan nomzod yakunda g‘olib chiqmasa, saylov natijalaridan norozi bo‘lishi va ularni adolatsiz o‘tgan saylovlar deb hisoblab, jarayon qaytadan o‘tkazilishini talab qilishini aytgan.

So‘rovnomada qatnashgan va Trampni qo‘llab-quvvatlayotganlarning 80 foizdan ko‘proq qismi pochta orqali ovoz berishda natijalar qalbakilashtirilishi mumkinligini bildirgan, demokratlarni tanlaganlarning uchdan bir qismi ham shunday fikrda ekanini qayd etgan.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2020 yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Respublikachilar partiyasi 24 avgust kuni prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Donald Tramp va Maykl Pensni ko‘rsatgan. Demokratlar partiyasi esa AQSH prezidenti sifatida Jo Bayden, vitse-prezident sifatida Kaliforniya senatori Kamala Xarris nomzodini ilgari surgan.

So‘rovnoma 28—31 avgust kunlari ming nafar voyaga yetgan amerikaliklar o‘rtasida telefon orqali savol-javob qilish yo‘li bilan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp uch oy ichida ovoz berish bo‘yicha Bayden bilan orasidagi farqni 7 foizgacha qisqartirdi