18:20 / 08.09.2020
804

Ukraina Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmasligini bildirdi

Ukraina Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmasligini bildirdi
Foto: AFP
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev koronavirusga qarshi vaksinani olish bo‘yicha Yevroittifoq va AQSH bilan yaqin muloqotda.

Ukraina Yevropa Ittifoqi va AQSH ishlab chiqaruvchilarining koronavirusga qarshi vaksinasini olish uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinadan voz kechadi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani ommaviy ishlab chiqara oladigan korxonalar borligini, hukumat vaksina ishlab chiqqan mamlakatlar bilan muzokaralar olib borayotganini aytgandi.

Rossiya Ukrainaga koronavirusga qarshi vaksinani taklif etsa Kiyev bunga qanday javob qaytarishi to‘g‘risidagi savolga javob berarkan, Kuleba "Biz bu sohada Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qilmoqdamiz", deb javob berdi.

Uning qayd etishicha, Kiyev koronavirusga qarshi vaksinani olish bo‘yicha Yevroittifoq va AQSH bilan yaqin muloqotda.
Avgust o‘rtalarida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgandi. Ma’lum qilinishicha, vaksinani sotib olish uchun 20dan ortiq mamlakatdan buyurtma tushgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori va sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganligini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)