2 619
Xitoy “Tolibon”ni elektr energiya va infratuzilma bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi
Foto: AFP
Xitoy hukumati “Tolibon” harakati rahbariyatiga ularni transport infratuzilmasi bilan ta’minlash va boshqa zaruriy iqtisodiy yordam berishni taklif qildi. Biroq buning uchun toliblar AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgach barqarorlikni ta’minlashda yordam berishi lozim. Bu haqda Belujiston viloyatidagi bir necha qabila boshliqlari bilan suhbatga tayanib Financial Times britan nashri xabar berdi.
“Xitoy rasmiy vakillari “Tolibon”ga yo‘llar qurilishiga sarmoya ajratishni taklif qilgan. Keyinroq Xitoy energetik loyihalar, jumladan elektr energiya ishlab chiqarilishi va Markaziy Osiyodan gaz transportirovkasi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan”, deb ma’lum qilingan nashrda. Afg‘onistondagi bir qabila boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Xitoy rejasi Afg‘onistondagi barcha asosiy shharlarda zamonaviy olti polosali yo‘llar qurilishini ko‘zda tutishi mumkin.
Ushbu ma’lumot toliblarga ko‘plab yillar davomida qurol yetkazgan va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan Pokistonda tasdiqlangan. Pokiston tashqi ishlar vazirligi xodimining ta’kidlashicha, Xitoy vakillari toliblar bilan faol muloqot qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi