Salmon ibn Hamad ibn Iso Al Halifa / Foto: AP
Bahrayn valiahd shahzodasi Salmon ibn Hamad ibn Iso Al Halifa qirollik oilalarining koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida ko‘ngilli tarzda ishtirok etadigan birinchi vakillaridan biri bo‘ldi. Shahzoda Xitoy kompaniyasi ishlab chiqqan vaksina sinovida ishtirok etadi.
“Biz Bahraynda avval koronavirusni davolash va tahlil qilishdagi ilg‘or tajribamiz bilan bo‘lishib, so‘ngra xavfsiz tahlil o‘tkazish va vaksina ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlab oldinga bir qadam tashlaganimiz va o‘z zimmamizga mas’uliyatni olganimizni faxr bilan ayta olamiz”, deb aytgan valiahd shahzoda.
The Guardian nashrining xabar berishicha, shahzoda Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqayotgan vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etadi. Ushbu vaksinaning 3-bosqich sinovlari yaqinda boshlangan. Unda 6 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda Bahraynda 62 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 216 nafari vafot etgan.
Hozirda Xitoyda ishlab chiqilayotgan 4 vaksina klinik sinovlarning yakunlovchi bosqichidan o‘tmoqda.
Xitoyning China National Pharmaceutical Group (Sinopharm) davlat farmatsevtika kompaniyasi va AQSHda qayd qilingan Sinovac Biotech kompaniyasi 3ta vaksina ustida ish olib bormoqda. 4-vaksina esa CanSino Biologics tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, iyunda harbiylar tomonidan qo‘llanishi ma’qullangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi