Foto: Getty Images
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qo‘shni Ozarboyjon bilan yuzaga kelgan mojaro sabab armanistonliklarga favqulodda murojaat qildi. Pashinyan o‘z chiqishi davomida bir qator masalalarda keskin fikrlar bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi ikki mamlakat miqyosidan chiqib ketib, xalqaro xavfsizlikka ham daxl qilishi mumkin. «Ozarboyjon arman xalqiga urush e’lon qildi. Armaniston xalqining kerakli javobni berishga kuchi yetadi», dedi Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri Turkiyaning Ozarboyjonga yordam berayotgani haqida ham gapirdi. «Bizning harbiy harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, natijada dushman zarar ko‘ra boshladi. Xalqaro hamjamiyat vaziyatga Turkiyaning aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ozarboyjondagi rejim jinoiy harakatlarini Armaniston bilan chegarada amalga oshirishi va mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun provokatsiya qilishi ham mumkinligini bilamiz», degan Pashinyan.
27 sentabr kuniga o‘tar kechasi va yakshanba tongida Tog‘li Qorabog‘da yana Ozarboyjon va Armaniston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Har ikki mamlakat bir-birini o‘t ochishni boshlashda ayblamoqda. Ikki tomondan ham o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgani, tinch aholi orasidan ham halok bo‘lganlar borligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi