Foto: «RIA Novosti»
Serbiya kompaniyasi COVID-19dan himoyalanish uchun kumushdan tayyorlangan innovatsion niqobni ixtiro qildi. Mahsulot oktabrning o‘rtalarida sotuvga chiqariladi, deya xabar berdi mamlakat savdo-sanoat palatasi. Innovatsiya Serbiyaning ikkita yirik «Koloid» va «Galenika farmacija» korxonalari hamkorligi natijasida yuzaga keldi.
«Kumush niqob zamonaviy nanotexnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi. Boz ustiga, kumush va seolit (mineral) ionlari ultratovushli ionlash orqali to‘qimalarga qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha himoya bilan ta’minlaydi. Niqob kattalar va bolalar uchun ishlab chiqariladi. Oktabrning o‘rtalaridan sotuvga chiqariladi», — deyiladi xabarda.
Serbiya sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 33 479 nafar COVID-19 bemori qayd etildi, 749 kishi vafot etdi. Keyingi vaqtlarda o‘lim va kasallanish darajasi kamaymoqda. Dushanbadan seshanbagacha 65 kishida koronavirus aniqlangan, bitta bemor hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin