
Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, parlament yig‘ilishida yig‘ilganlarning barchasi Japarov nomzodi hamda u taklif etgan hukumat tarkibini yoqlab ovoz bergan.
6 oktabr kuni parlament a’zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma’qullab ovoz bergandi.
5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.
9 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Kubatbek Boronovni bosh vazir vazifasidan ozod qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar