Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste’foga chiqishini aytdi

Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste’foga chiqishini aytdi
Sooronbay Jeenbekov / Foto: 24.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikki-uch kun ichida iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov ma’lum qildi.

"Prezident hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanib, u bilan bog‘liq barcha jarayonlar yakunlanishi bilan ikki-uch kun ichida iste’foga chiqishini aytdi", - dedi Japarov jurnalistlarga.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.
6 oktabr kuni parlament a’zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma’qullab ovoz bergandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar