14:33 / 24.10.2020
746

Tramp prezidentlik poygasida yetakchilik qilayotgani bilan maqtandi

Tramp prezidentlik poygasida yetakchilik qilayotgani bilan maqtandi
Foto: RIA Novosti
AQSH prezidenti Donald Tramp prezidentlik poygasida g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Bu haqda 23 oktabr kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘ylaymanki, biz g‘alaba qozonmoqdamiz... Biz sezilarli farq bilan g‘alaba qozonmoqdamiz. Bu ikkinchi o‘rindagi shaxsning chiqishi emas, to‘g‘rimi?» – dedi Tramp Floridadagi saylovoldi mitingiga izoh berib.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda yetakchi o‘rinni egallab turibdi va to‘rt yil avvalgidan ancha ishonchliroq g‘alabaga erishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jozef Bayden so‘nggi debatda raqibi — respublikachilar nomzodi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozongani aytilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)