Foto: Reuters
Gruziya sobiq prezidenti, bosh vazirlikka nomzod Mixail Saakashvili hukumat rahbari lavozimidan voz kechdi, deb xabar bermoqda «RBK».
«Meni hech bir lavozim, shu jumladan, Gruziya bosh vaziri lavozimi ham qiziqtirmaydi», — dedi Saakashvili. Avvalroq uning nomzodi «Umumiy milliy harakat» partiyasi tomonidan ilgari surilgan edi.
U sobiq bosh vazir, «Gruziya orzusi» partiyasi yetakchisi Bidzinu Ivanishvilidan «hech qachon qo‘rqmagan»ligini aytib, Gruziya xalqiga «nafas olish» uchun imkon berishga chaqirdi. Shu bilan birga, Saakashvili Gruziya xalqiga «qo‘l ko‘targanlar»ga qarshi «oxirigacha borish»ga tayyorligini ma’lum qildi.
Gruziya sobiq yetakchisi «jismoniy jihatdan qayerda bo‘lishi»ni eng yaqin orada ma’lum qilishga va’da berdi.
Gruziyada 31 oktabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. 150 ta deputatlik o‘rniga 48 ta partiya va 2 ta muxolifat bloki da’vogarlik qildi. Saylovlar yangi saylov tizimi bo‘yicha o‘tkazildi: 120 nafar deputat proporsional ro‘yxatlar bo‘yicha, 30 nafari esa majoritar okruglar bo‘yicha saylanadi.
Ayni paytda Gruziya Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarning 63,19 foizini hisoblab chiqdi. Uning natijalariga ko‘ra, «Gruziya orzusi» hukmron partiyasi ovozlarning 48,99 foizini qo‘lga kiritdi. Sobiq prezident Mixail Saakashvilining partiyasi — «Umumiy milliy harakat» kiradigan «Kuch birlikda» muxolifat bloki esa 26,05 foiz ovoz to‘pladi.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili gruzin qamoqxonasida mamlakatning boshqa mahbuslari kabi eng yaxshi oziq-ovqat bilan ta’minlanishi haqida Gruziya adliya vaziri Tea Sulukiani aytib o‘tgan edi.
Avvalroq Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovida muxolifat g‘alaba qozonsa, mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirgandi.
Mixail Saakashvili 2015—2016 yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017 yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019 yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi