11:40 / 04.11.2020
3 085

Xitoy dunyodagi eng uzun suvosti temir yo‘l tunnelini quradi

Xitoy dunyodagi eng uzun suvosti temir yo‘l tunnelini quradi
Foto: Gottardo2016.ch
Xitoy dunyodagi eng katta suvosti temir yo‘l tunnelini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Paper nashri xabar berdi.

Suvosti tunnelining uzunligi 16,2 kilometrga teng bo‘ladi. Poyezdlarning tunnel ichidagi loyihaviy tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. Qurilish olti yil davom etishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga to‘rt milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratilgan.

Avvalroq Yevropada Xelsinkidan Tallingacha eng uzun suvosti temir yo‘l tunneli qurilishi bekor qilingandi. Estoniya hukumati mazkur loyihaning amalga oshishiga shubha bildirgan.

Loyihaga ko‘ra, tunnelning umumiy uzunligi 103 kilometr, suv ostidagi qismi esa 50-56 kilometr bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, kamida bitta sun’iy orol qurish kerak bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy dunyodagi eng uzun suvosti temir yo‘l tunnelini quradi