Xitoyda yangi maglev poyezdi prototipi 800 km/soat tezlikka erishdi

Xitoyda sinovdan o'tkazilayotgan maglev poyezdi prototipi qisqa masofada 800 km/soat tezlikka erishdi. Og'irligi 1110 kilogramm bo'lgan apparat bu tezlikka noldan atigi 5,3 soniyada chiqdi va sinovlar Xubey provinsiyasidagi bir kilometrlik maxsus liniyada o'tkazildi. Maksimal tezlikdan so'ng u qariyb 200 metr masofada silliq tormozlangan, harakat vaqtida joylashuvni aniqlash aniqligi esa millimetr darajasiga yetgan.
Xitoyda sinovdan oʻtkazilayotgan yuqori tezlikdagi magnit levitatsiyasiga asoslangan poyezd prototipi qisqa masofada 800 km/soat tezlikni qayd etdi. ixbt.com nashrining xabar berishicha, ogʻirligi 1110 kilogramm boʻlgan sinov apparati noldan koʻrsatilgan tezlikka atigi 5,3 soniya ichida erishgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mazkur sinovlar Xubey provinsiyasidagi Sharqiy koʻl yuqori tezlikdagi temir yoʻllar laboratoriyasiga qarashli bir kilometrlik maxsus liniyada amalga oshirildi. Mutaxassislar ushbu texnologiya orqali nafaqat yuqori tezlikka chiqish, balki uni boshqarish imkoniyatlarini ham muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazmoqdalar.
Rekord natijalar va texnik imkoniyatlar
Qayd etilishicha, maksimal tezlikka erishilgandan soʻng apparat qariyb 200 metr masofada silliq tormozlanishni boshlagan. Shuningdek, yuqori tezlikdagi harakat vaqtida uning joylashuvini aniqlash aniqligi millimetr darajasiga yetishi mutaxassislarni hayratda qoldirdi.Ushbu yutuq soʻnggi yarim yil ichida oʻrnatilgan uchinchi jahon rekordi boʻlib tarixga kirdi. Joriy yilning iyun oyida boʻlib oʻtgan ilk ommaviy sinovlarda test apparati 650 km/soat tezlikni koʻrsatgan boʻlsa, iyul oyida bu koʻrsatkich 800 km/soatlik marraga yetkazildi.
Kelgusidagi vazifalar
Hozirgi bosqichda gap faqat labaratoriya texnologiyasi va maxsus sinov trassasi haqida bormoqda. Mazkur sinovdan oʻtayotgan apparat yoʻlovchilarni tashishga moʻljallanmagan boʻlib, u kelajakdagi transport tizimlari uchun poydevor vazifasini bajaradi.Mutaxassislarning fikricha, bunday texnologiyalar asosida tijoriy liniyalarni yaratishdan oldin hali koʻplab murakkab muhandislik masalalarini hal etish lozim. Bular qatoriga xavfsizlikni taʼminlash, jihozlarning uzoq muddat chidamliligi hamda ekstremal tezliklarda poyezdni boshqarish kabi muhim omillar kiradi.






























Izohlar 0
…