Foto: AFP
AQSH prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida prezident saylovidagi ovoz berish natijalari noqonuniy ravishda o‘zgartirilgan deb hisoblamoqda. U bu haqda o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
«Saylov kuni, seshanba kech soat sakkizdan keyin o‘n minglab ovozlar noqonuniy tarzda olindi, bu Pensilvaniya va boshqa ayrim shtatlarda natijalarni butunlay va osongina o‘zgartirdi», — deb yozdi Tramp.
Shuningdek, Trampning qayd etishicha, kuzatuvchilarning qator shtatlarda saylov uchastkalariga qo‘yilmaganligi sababli uning ovoz olish borasidagi yetakchiligi yo‘qqa chiqqan.
3 noyabr kuni AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘zaro raqobat olib bordi. Saylovda Bayden g‘alaba qozonishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda, chunki u yaxshigina ustunlikka ega.
Donald Tramp saylov noxolis o‘tkazilganligini iddao qilib kelmoqda. Tramp jamoasi ayrim shtatlarda ovozlarni qayta hisoblashni talab qilmoqchi, ayrim shtatlarda esa sudga murojaat qilinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi