Foto: DPA
AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi niqob taqish koronavirus yuqtirib olish xavfini sezilarli kamaytirishini tasdiqladi.
Pandemiya boshlanganidan buyon ayniqsa Amerikada niqob taqish mavzusida fikrlar xilma-xilligi kuzatildi: ko‘plab amerikaliklar niqobni faqat o‘zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirmaslik uchun taqish kerak, deb hisoblashadi.
Ammo AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) xulosasiga ko‘ra, niqob taqish kovid tarqalishini «ikki tarafdan» sekinlashtiradi: tibbiy niqob – nafaqat kishidagi infeksiyaning boshqalarga o‘tishi ehtimolini kamaytiradi, balki uni taqqan odamni koronavirusga chalinishdan ham himoyalaydi.
CDC o‘tkazgan yangi tadqiqotning ko‘rsatishicha, bir necha qavat matodan tayyorlangan niqoblar ayniqsa samaralidir.
Tadqiqotda bir necha qavatli matodan iborat niqob inson tarqatadigan respirator tomchilarni 50–70 foizga kamaytirishi aniqlangan. Shu bilan birga, bunday niqoblar tashqi muhitdagi havo tomchilarining 50 foizini tutib qolishi, N-95 niqoblarida esa bu ko‘rsatkich 95 foizgacha yetishi qayd etilgan.
Markaz xulosasiga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda universal qoidalar umumlashmasi yaxshi foyda beradi. Ya’ni ham ijtimoiy masofa saqlash, ham niqob taqish, binolarning ventilyatsiyasiga e’tibor berish va qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish kabilarning barchasiga birdek rioya etilishi infeksiya tarqalishini sekinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi