Foto: TASS
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov davlat rahbarligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish uchun o‘z vakolatlaridan voz kechdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakat prezidenti vakolatlaridan voz kechishga hamda Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimi vakolatlarini to‘xtatib turishga qaror qildim va oddiy fuqaro sifatida bo‘lajak prezident saylovida qatnashaman", - deya iqtibos keltiradi prezident matbuot xizmati Japarovning so‘zlaridan.
Avvalroq Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirgani xabar qilingandi. Qirg‘iziston prezidenti saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat prezidentligiga saylanish uchun ariza berganlar soni 39 nafarga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi