08:23 / 17.11.2020
2 363

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi
Foto: REUTERS/Dado Ruvic/Illustration/File Photo
Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik namoyish etganini ma’lum qildi.

Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan.
Avvalroq Pfizer va BioNtech vaksinasi 90, «Sputnik-V» 92 foiz samaradorlik ko‘rsatganligi aytilgandi.

Kompaniyadagilarning qayd etishlaricha, sinovda qatnashganlarning aksariyatida emlashdan so‘ng nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
Hozirda yakunlovchi — uchinchi bosqich sinovlari dunyoda bir necha vaksinalarda o‘tkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQSHdagi AstraZeneca, Pfizer va BioNtech kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning bir necha vaksinalari shular jumlasidandir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi