Mingdan ko‘proq xitoylik olim Vashington Pekinni AQSh texnologiyalarini o‘g‘irlashda ayblagandan keyin AQShni tark etdi.
Bunday ma’lumotni AQSh adliya vazirining yordamchisi Jon Demers Aspen instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, xitoylik olimlar adliya vazirligi sanoat va texnologik josuslikdagi ayblovlar bo‘yicha bir qator jinoiy ishlarni qo‘zg‘atganidan keyin AQShdan chiqib ketgan.
Adliya vazirligidagi mansabdor shaxslardan birining ta’kidlashicha, AQSh xitoylik olimlarni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqalarda gumon qilmoqda.
29 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan AQSh milliy manfaatlariga xavf solishi mumkin bo‘lgan aspirantlar va olimlar kirishini cheklovchi farmoyishni imzolagan. Ta’kidlanishicha, gap Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklar haqida borgan. AQSh hukumati fikricha, ular AQShga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlash maqsadida kelishi mumkin. Xitoy ta’lim vazirligi AQShning bu cheklovlariga nisbatan norozilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH mingdan ko‘proq xitoylik talaba va olimlarning vizalarini bekor qildi

AQSH Xitoy armiyasining uch sohada ustunligini tan oldi

Xitoylik tibbiyotchilar Italiyaga yordam berish uchun Rimga yetib keldilar

4 nafar xitoylik AQSHning 145 mln fuqarosi shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda

"Gul terib asal qilish": Xitoy G‘arb universitetlaridan o‘z manfaati uchun foydalanmoqda

AQSh Xitoyning Amerikani mag‘lub etish rejasini fosh qildi