Mingdan ko‘proq xitoylik olim Vashington Pekinni AQSh texnologiyalarini o‘g‘irlashda ayblagandan keyin AQShni tark etdi.
Bunday ma’lumotni AQSh adliya vazirining yordamchisi Jon Demers Aspen instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, xitoylik olimlar adliya vazirligi sanoat va texnologik josuslikdagi ayblovlar bo‘yicha bir qator jinoiy ishlarni qo‘zg‘atganidan keyin AQShdan chiqib ketgan.
Adliya vazirligidagi mansabdor shaxslardan birining ta’kidlashicha, AQSh xitoylik olimlarni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqalarda gumon qilmoqda.
29 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan AQSh milliy manfaatlariga xavf solishi mumkin bo‘lgan aspirantlar va olimlar kirishini cheklovchi farmoyishni imzolagan. Ta’kidlanishicha, gap Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklar haqida borgan. AQSh hukumati fikricha, ular AQShga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlash maqsadida kelishi mumkin. Xitoy ta’lim vazirligi AQShning bu cheklovlariga nisbatan norozilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi