11:21 / 03.12.2020
2 298

London akvariumidagi pingvinlar zerikib qolmasligi uchun ularga film qo‘yib berilmoqda (video)

London akvariumidagi pingvinlar zerikib qolmasligi uchun ularga film qo‘yib berilmoqda (video)
Foto: Legion Media
London akvariumidagi pingvinlarga koronavirus cheklovlari tufayli tashrif buyuruvchilar kelmay qo‘ygani sabab kayfiyatini ko‘tarish uchun Rojdestvoga oid filmlar namoyish etilmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.

5 noyabr kuni faoliyatini to‘xtatgan akvarium xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, pingvinlar tashrif buyuruvchilarni diqqat bilan kuzatadi va tinglaydi, biroq endilikda ular zerikmoqda. Pingvinlarni xursand qilish maqsadida teleekranlar orqali bayram filmlari, masalan, «Elf» komediyasi namoyish etilyapti.

«Pingvinlarga bayram filmlar yoqayotgani qaramay, biz ham ular kabi haqiqiy mehmonlarning qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz», — deydi avkarium xodimlaridan biri. Ma’lumotlarga ko‘ra, London akvarium shu haftaning o‘zida yana faoliyatini qayta boshlashi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London akvariumidagi pingvinlar zerikib qolmasligi uchun ularga film qo‘yib berilmoqda (video)