09:54 / 11.12.2020
3 571

Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi (video)

Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi (video)
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 10 dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Paradni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Bokuga tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kuzatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Parad qatnashchilari orasida turkiyalik harbiylar ham bo‘lgan. Paradda ikki prezident oldidan jami uch ming nafar harbiy va 150 ta texnika tantanavor saf bilan o‘tgan.

Parad ishtirokchilariga murojaat qilgan Ilhom Aliyev Ozarbayjon «o‘z hududlarining egallanishiga chek qo‘yganini, adolatni va xalqaro huquqni tiklaganini» ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojaroda 2783 nafar ozarbayjonlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ilhom Aliyevning farmoniga asosan Ozarbayjonda yangi bayram belgilandi. Unga ko‘ra, Boku vaqti bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv imzolangan 10 noyabr mamlakatda G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bokuda Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi (video)