10:23 / 16.12.2020
3 502

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov ikki qudasini lavozimga tayinlaganini tan oldi

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov ikki qudasini lavozimga tayinlaganini tan oldi
Foto: «24.kg»
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lib turgan vaqtda ikki qudasini mansabga tayinlaganini tan oldi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

«Oktabrdagi voqealardan keyin mening ikki qudam lavozimga ega bo‘ldi», — deya ma’lum qilgan Sadir Japarov Talas viloyatidagi chiqishi vaqtida.

Prezidentlikka nomzodning qayd etishicha, u qudalarining lavozimga tayinlanganini yashirmaydi va buning uchun javobgarlikni zimmasiga oladi. «Biz davlatda barqarorlikni saqlashga urindik. 30-40 kishini almashtirib, biz bu ishni qila oldik», — deya ta’kidlagan Japarov.

Japarov lavozimga tayinlangan qudalaridan bir haqida gapirib bergan: «Qudam menga qarshi muxolifatda edi, doim saylovlarga «Ota Makon»dan qatnashgan, Issiqko‘lda men bilan ovozlarni bo‘lishardi», — degan u.

Avvalroq Sadir Japarov mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi va bosh vazir bo‘lganidan keyin ikki qudasini lavozimga tayinlagani ma’lum bo‘lgan. Turusbek Tumonboyev 21 oktabr kuni gaz taqsimlash stansiyasi huzuridagi «Unaa» davlat muassasasi rahbari etib tayinlangan. Yana bir qudasi — Tashtanbek Qaymazarov Davlat migratsiya xizmati raisi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov ikki qudasini lavozimga tayinlaganini tan oldi