BAAning Abu-Dabi amirligi xorijiy sayyohlarning amirlikka kirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqib, pandemiya sababli kiritilgan ba’zi cheklovlar 24 dekabrdan bekor qilinishini e’lon qildi. Bir qator davlatlar, jumladan O‘zbekistonning amirlikka keluvchi fuqarolari 2 haftalik majburiy karantinni o‘tashdan ozod qilindi.
Al Arabiya telekanalining Abu-Dabi matbuot markaziga tayanib xabar berishicha, 2 haftalik majburiy karantindan birinchi navbatda “yashil ro‘yxat”ga kiruvchi davlatlar fuqarolari ozod qilinadi. Gap amirlikka O‘zbekiston, Avstraliya, Bruney, Vetnam, Gretsiya, Grenlandiya, Hongkong, Xitoy, Mavritaniya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Tayvan, Tailanddan keluvchi sayyohlar haqida bormoqda. Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan davlatlar fuqarolariga karantin muddati 10 kungacha kamaytirilgan.
Barcha sayyohlar amirlikka kirish uchun 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PSR-test taqdim qilishlari va u yerda yana bitta test topshirishlari lozim. Bundan tashqari, amirlikda ko‘proq muddatga qoladigan xorijliklar bir necha kundan keyin takroriy PSR-test topshirishlari kerak bo‘ladi. Avval takroriy testlar amirlikka kelgandan keyin 4- va 8-kun topshirilgan bo‘lsa, endi 6- va 12-kun topshiriladi.
Amirlik ma’muriyatida ma’lum qilinishicha, “yashil ro‘yxat” har 2 hafta qayta ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, Abu-Dabi BAAning boshqa amirliklaridan keluvchilar uchun ham bir qator cheklovlarni yengillashtirgan. Jumladan, bu yengillashtirishlar PSR-testning amal qilishi va uning takroriy topshirilishi muddatlari bilan bog‘langan. Bundan tashqari, savdo va ko‘ngilochar markazlar, restoranlar va bolalar bog‘chalariga qo‘yiladigan sanitar talablar yangilangan.
Xorijliklarning kirishi uchun Abu-Dabidagidan o‘zgacha qoidalar amal qiluvchi Dubay amirligida esa 23 dekabrdan koronavirusga qarshi bepul emlash boshlanadi.
BAAda pandemiya boshidan beri 195 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan. Bu vaqt ichida koronavirusdan 642 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda mamlakatda 23,8 ming kishi virusdan davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda