Perulik arxeologlar bundan qariyb 3700 yil oldin yashab o‘tgan ayolning qiyofasini tiklashdi. Bu haqda Latin American Herald Tribune nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoshi taxminan 20 — 25 atrofida bo‘lgan bu insonning qabri 2016 yilda mamlakat qirg‘oqbo‘ylaridagi qadimgi qishloqlari va ibodatxonalari bilan mashhur El-Paraiso majmuasidan topilgan.
Qazilma ishlariga boshchilik qilgan olim Dayanna Karbonel ajdodining qiyofasi tiklanganda, u zamonaviy ayolga o‘xshab ketishini ma’lum qilgan.
Uzunchoq yuz, nisbatan katta burun va yanoq, kichik ko‘zlarga ega tarixiy shaxs byusti Lima shahridagi Andres Del Kastilo mineralogiya muzeyiga qo‘yildi.
Antropologik tahlillardan yana shu narsa aniqlandiki, ayolning bo‘yi 1,5 metr bo‘lgan. Shuningdek, bilaklardan birining suyagidagi jarohat El-Paraiso xonim tikuvchilik qilgani, tishlaridagi holat u dengiz mahsulotlari, yukka(agavasimonlar oilasiga mansub doimiy yashil o‘simlik va uning tolasi), makkajo‘xori, loviya mahsulotlarini tanovvul qilganidan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi