Perulik arxeologlar bundan qariyb 3700 yil oldin yashab o‘tgan ayolning qiyofasini tiklashdi. Bu haqda Latin American Herald Tribune nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoshi taxminan 20 — 25 atrofida bo‘lgan bu insonning qabri 2016 yilda mamlakat qirg‘oqbo‘ylaridagi qadimgi qishloqlari va ibodatxonalari bilan mashhur El-Paraiso majmuasidan topilgan.
Qazilma ishlariga boshchilik qilgan olim Dayanna Karbonel ajdodining qiyofasi tiklanganda, u zamonaviy ayolga o‘xshab ketishini ma’lum qilgan.
Uzunchoq yuz, nisbatan katta burun va yanoq, kichik ko‘zlarga ega tarixiy shaxs byusti Lima shahridagi Andres Del Kastilo mineralogiya muzeyiga qo‘yildi.
Antropologik tahlillardan yana shu narsa aniqlandiki, ayolning bo‘yi 1,5 metr bo‘lgan. Shuningdek, bilaklardan birining suyagidagi jarohat El-Paraiso xonim tikuvchilik qilgani, tishlaridagi holat u dengiz mahsulotlari, yukka(agavasimonlar oilasiga mansub doimiy yashil o‘simlik va uning tolasi), makkajo‘xori, loviya mahsulotlarini tanovvul qilganidan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Turkiyada qadimgi malikaning qabri topildi (foto)

Misrda fir’avnlarning 16 ta qabri topildi

Olimlar 3 ming yil avval yashagan rohibning ovozini tiklashdi (video)

Perudan qurbonlikka keltirilgan bolalar qabri topildi

Arxeologlar ulkan mamont qoldiqlarini tiklashdi

Xitoylik yo‘l quruvchilar tobutga solingan mo‘miyoga duch kelishdi