Foto: Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qizg‘izistonning Bishkek va Chuy viloyatida mos ravishda 176 va 24 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan modul konstruksiyaga ega yana ikkita shifoxona ochildi. Loyihalar to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, bir oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shifoxonaning ochilish marosimida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev, O‘zbekiston tomonidan esa bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
«O‘zbekiston pandemiya vaqtida Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatgan birinchi davlatlardan hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan kislorod konsentratorlari, respiratorlar va boshqa tibbiyot asbob-uskunalari hamda 400 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan yengil modul konstruksiyalar yuborildi», — deydi Alimkadir Beyshenaliyev.
«Qardosh qirg‘iz xalqida yuqumli kasalliklar kam bo‘lsa, o‘zbek xalqi ham xavfsizlikda bo‘ladi. Chunki har kuni O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini 15 mingga yaqin odam kesib o‘tadi. Shu sababli kasalliklar profilaktikasiga e’tiborli bo‘lishimiz va oldindan ishlashimiz kerak», — deya ta’kidlaydi Mehriddin Xayriddinov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi