11:11 / 31.12.2020
3 058

Kanadada quyon qorbolani o‘pib, uni «burun»siz qoldirdi (video)

Kanadada quyon qorbolani o‘pib, uni «burun»siz qoldirdi (video)
Meduza Kanadada istiqomat qiluvchi Brayantlar oilasi tomonidan yasalgan mitti qorbola videosi bilan bo‘lishdi. An’anaga ko‘ra qorbolaning burni o‘rniga sabzi o‘rnatilgan. Shunda uning oldiga quyon yugurib kelib, orqa panjalarida tik turgan holda qorbolani o‘pgan. Aftidan, bu chalg‘ituvchi harakat hisoblanadi.

Quyon uchun kerakli narsa — bu faqatgina sabzi, u qorbola «burnini» chaynashga tushgan. Brayantlar chetda turib sodir bo‘lgan voqeani kuzatgan. Natijada sabzining katta qismi kemirib tashlangan, quyon esa noma’lum yo‘nalish bo‘ylab qochib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada quyon qorbolani o‘pib, uni «burun»siz qoldirdi (video)