Foto: EPA
Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ba’zi siyosatchilarning mamlakatdagi hokimiyatni kuch bilan egallab olish haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvlarining haqiqiyligini tekshirmoqda.
Qo‘mitada ta’kidlanishicha, maxsus xizmat ba’zi siyosatchilar, prezident lavozimiga nomzodlar va ularning tarafdorlarining 2021 yilda inqilob uyushtirish hamda prezident saylovlari va referendumdan keyin ommaviy noroziliklar o‘tkazish haqidagi suhbatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda va materiallar tegishli ekspertizalarga jo‘natiladi.
O‘tkaziladigan ekspertizalar natijasida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga chorlagan shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Qo‘mitada hokimiyatning kuch bilan egallab olinishiga qaratilgan xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik borligi eslatib o‘tilgan.
Qirg‘izistonda muddatdan avval prezident saylovlari 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Ushbu lavozimga 17 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Bir vaqtda respublikada respublikadagi boshqaruv shakli bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Fuqarolar prezident yoki parlament boshqaruvi o‘rtasida tanlov qilishlari kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi