Foto: Mstislav Chernov/AP
Aleksey Navalniy Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelishi bilan aeroportda hibsga olindi, deya xabar berdi Jazolarni ijro etish federal xizmati.
«Sheremetevo aeroportida Jazolarni ijro etish federal xizmati tezkor boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bo‘lgan, shartli qamoq jazosiga hukm qilingan Aleksey Navalniyni sinov muddatini ko‘plab marta buzgani uchun hibsga olishdi», – deyiladi xabarda.
Dekabr oyida mamlakat tergov qo‘mitasi Navalniyga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Unda qayd etilishicha, Navalniy o‘zining loyihalari uchun xayriya shaklida to‘plangan 588 million rublning 356 milliondan ortig‘ini shaxsiy maqsadlari uchun sarflagan.
Navalniy Rossiyaga qaytish niyati haqida e’lon qilgandan so‘ng, Federal jazolarni ijro etish xizmati uni hibsga olishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi