Foto: Unsplash
Fransiyada dunyoda ikki qo‘l va yelkaning ko‘chirib o‘tkazilishi bo‘yicha ilk jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Tana a’zolari 48 yoshli islandiyalik Feliks Gretarssonga ko‘chirib o‘tkazilgan.
The Guardian nashrining yozishicha, Gretarsson qo‘llarini 1998 yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yo‘qotgan. Erkak yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasidaishlayotgan vaqtda kuchlanish 11 ming voltgacha ko‘tarilib ketishi oqibatida ikki qo‘lini kuydirib olgan.
Shundan keyin erkak ko‘plab jarohatlar bilan 3 oy komada yotgan. Shifokorlar uning qo‘lini kesib tashlashlariga hamda yana bir nechta operatsiya o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.
Gretarsson uchun donorlar uzoq yillar davomida izlangan. Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga 50 tibbiy xodim jalb qilingan. Operatsiya vaqtida tana a’zolarini donordan retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazish vaqtini minimallashtirish uchun 4ta jarrohlik brigadasi ish olib borgan.
Hozirda erkak Liondagi shifoxonalardan birida tiklanmoqda. Shifokorlar Gretarssonning yangi qo‘llari qanchalik harakatchan bo‘lishi bo‘yicha bir narsa deyishga shoshilmayaptilar. Jarrohlardan biri Aram Gazaryanning ta’kidlashicha, agar bemor tirsagini buka olsa, bu uning hayotini o‘zgartirib yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi