Foto: CNN
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp Florida shtatida o‘z vakolatxonasini ochdi, deya xabar bermoqda «Kommersant’».
Press-relizda u «sobiq prezident devoni» deb nomlanadi. Devonxona Trampning yozishmalari, ommaviy bayonotlari va nutqlari bilan shug‘ullanadi. «Prezident Tramp bundan buyon va bir umrga Amerika xalqining himoyachisi bo‘lib qoladi», — deyiladi bayonotda.
Tramp 20 yanvar kuni Jo Baydenning inauguratsiyasidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmadi. O‘sha kuni u Oq uydan Floridaga jo‘nab ketdi. OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi.
8 fevralda Senat 45-prezidentga nisbatan impichment masalasini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Tramp Kapitoliyga qilingan hujumlarda ayblanmoqda.
Undan avval AQSH Vakillar palatasi 13 yanvar kuni Trampga impichment e’lon qilgandi. Uni hokimiyatdan chetlatish to‘g‘risidagi rezolyutsiya kongressmenlarning 232 nafari, shu jumladan, 10 nafar respublikachi ham ovoz bergan. Yana 197 kishi Trampning chetlatilishiga qarshi chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi