
Foto: GLOBAL LOOK PRESS
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning sobiq prezidenti Donalda Trampda alami borligiga iqror bo‘ldi.
Zelenskiy bilan suhbatda «Axios» nashri jurnalisti shunday savol berdi: «Prezident Trampdan jahlingiz chiqqanini ko‘rib turibman. Balki salginadir».
«Salgina», — deya javob berganidan so‘ng Zelenskiy kulib yuborgan. Ushbu suhbat anonsi nashrning «Twitter» sahifasida e’lon qilingan.
Nima sababdan Oq uyning sobiq xo‘jayinidan alamzadaligi sababini Zelenskiy izohlamagan.
Gap-so‘zlarga qaraganda, Donald Tramp prezidentlik chog‘ida Ukrainada biznesi borligi aniqlangan demokrat Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga qarshi korrupsiya ishi ochishni Zelenskiydan talab qilgan, aks holda Ukrainaga harbiy madadni to‘xtatish bilan po‘pisa qilgan ekan.
Nima bo‘lganda ham, Tramp ketdi — Bayden keldi. Uzoqni ko‘ra bilish, ayniqsa, katta siyosatda juda muhim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing