Foto: «Ca-irnews.com»
Myanma prezidenti Vin Min, shuningdek, mamlakatning davlat maslahatchisi, amaldagi hukumat rahbari Aun San Su Chji noma’lum shaxslar tomonidan qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda «Reuters» hukmron «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi vakili so‘zlariga tayanib.
Uning ma’lum qilishicha, tashqi ishlar vazirligining rahbari bo‘lgan davlat maslahatchisi, prezident va hukmron partiyaning boshqa yuqori martabali vakillari erta tongda qo‘lga olingan.
«Men xalqimizga shoshilinch qaror chiqarmasliklarini, qonun asosida harakat qilishlarini xohlayman. O‘ylaymanki, ular tez orada meni ham qo‘lga olishga urinishsa kerak», — degan partiya vakili Mio Nyunt.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni bir qator ommaviy axborot vositalari mamlakatdagi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarning noqonuniyligi to‘g‘risida qurolli kuchlar generallari va hukumat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar munosabati bilan Myanmada harbiy to‘ntarish ehtimoli haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi