Foto: «Google.com»
Qozog‘iston poytaxti va butun respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya boshlandi. Bu haqda 1 fevral kuni Nur-Sulton jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Timur Muratov markaziy aloqa xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
«Vaksinatsiya 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlarda amalga oshiriladi. Ular 735 mingga yaqin», — dedi Muratov. U vaksinatsiya ixtiyoriy ekanligini ta’kidladi. Qozog‘iston fuqarolariga vaksina bepul beriladi.
Sog‘liqni saqlash tizimi vakili emlanmoqchi bo‘lgan fuqarolarda koronavirusga qarshi antitanachalar bor-yo‘qligi tekshirilmasligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, mutaxassis «koronavirusning o‘tkir va alomatsiz shaklidan qiynalayotgan shaxslar» emlanmasligi kerakligini aytgan. Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i «koronavirusning har qanday shaklini boshidan o‘tkazganlar tuzalgach 6 oydan so‘ng hamda vaksinatsiyadan oldin ahvolni hisobga olgan holda emlanish tavsiya etilishi»ni ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSHda koronavirusga emlangan hamshira televideniyedagi jonli efir vaqtida hushidan ketib qoldi (video)

AQSHda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachondan boshlanishini aytdi

JSST koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi

Xitoy koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyani boshladi

JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini taxmin qildi