Foto: WNYW
Amerikaning Nyu-Jersi shtati, Nyuark shahrida yashovchi keksa ayol kuchli qor yog‘ganidan keyin mashinasi ichidan chiqa olmagan. Bu haqda WNYW xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, shahardagi bog‘lardan birida Honda miniveni qor bilan qoplanganiga guvoh bo‘lgan yong‘in o‘chiruvchilari undan 77 yoshli Janet Vudni chiqarib olgan. Ayolning besh kun davomida mashinada qolib ketgani ma’lum bo‘lgan, shunga qaramay, unga tibbiy yordamning keragi bo‘lmagan.
Amerikalik ayol bo‘rondan keyin Nyuarkda 30 santimetrlik qor yog‘gan vaqti mashina ichida qolib ketgan. Vudning turar joyi yo‘qligi sabab mashinasining ichida, haddan ortiq sovuq kunlarda esa mehmonxonada tunashiga to‘g‘ri keladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Amerikada mashinasi bilan 10 soatdan ortiq qor ostida qolib ketgan haydovchi qutqarildi

Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi

Amerikalik biznesmen unga chiroyli muomalada bo‘lgan «Makdonalds» xodimasiga mashina sovg‘a qildi

Ota va o‘g‘il yong‘indan arang qutulishdi (Video)

Tailandda yo‘qolib qolgan yosh futbolchilar 10 kundan keyin sog‘-omon topildi

Mashina bosib ketgan uch yoshli bola tirik qoldi (video)