Foto: «RIA»
Kanadalik olimlar COVID-19 va grippdan o‘lim darajasini taqqosladilar. Tadqiqot natijalari «CMAJ» jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 30 iyungacha koronavirus infeksiyasining yuqori darajasi qayd etilgan va aholisi ko‘p bo‘lgan Toronto va Missisissaugadagi yettita katta shifoxonaga gripp va COVID-19 bilan yotqizilgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdilar.
Buni qarangki, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilish ehtimoli gripp bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘p, ustiga-ustak, ular bir yarim baravar uzoqroq qolishgan. Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar orasida o‘lim darajasi 3,5 baravardan yuqori bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu farqlar mavsumiy grippga qaraganda koronavirusga immunitetning past darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, COVID-19ga qarshi ommaviy immunitet paydo bo‘lishiga qarab rivojlanib boraveradi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 108 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. 2,3 milliondan ortiq odam pandemiya qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi