08:14 / 15.02.2021
1 968

Shifokor koronavirusning yangi turlariga qarshi kurashish usulini ma’lum qildi

Shifokor koronavirusning yangi turlariga qarshi kurashish usulini ma’lum qildi
Foto: «Businesselitesafrica.com»
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turlariga qarshi kurashish usulini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirgan.

Myasnikovning fikricha, yangi shtammlardan himoyalanish uchun ommaviy vaksinatsiyani tezroq amalga oshirish, mavjud vaksinalarni esa qaytadan ishlash va yangilarini ishlab chiqish zarur. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto mavjud preparatlar samaradorligi kam bo‘lsa-da, yangi shtammlarni yuqtirganda kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarning oldini oladi.

«Yaxshiyamki, vaksinalar boshidanoq yangi turdagi koronaviruslarning sezilarli darajada kuchaygan tajovuzkorligini yenga oladigan qilib tayyorlangan», — deydi mutaxassis.

Koronavirus mutatsiyaga uchrayapti va kelgusida ham mutatsiyaga uchrashda davom etadi. Eng birinchi paydo bo‘lgan Uxan virusini endi hech qayerdan topib bo‘lmaydi. Aprel oyidayoq uni D614G turi siqib chiqardi. Shundan so‘ng yangidan-yangi mutatsiyalar paydo bo‘ldi — Britaniya V.1.1.7., Janubiy Afrika V.1.351., Kaliforniya, Braziliya va hokazo.

Kelgusida odamlar koronavirusga qarshi muntazam ravishda emlanib turishlariga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydi Myasnikov. Yiliga bir yoki ikki marta yangi vaksinatsiya talab etiladi.

«Bir kun kelib mavsumiy gripp va koronavirusga qarshi mavsumiy aralash vaksina paydo bo‘lsa, ajablanmayman», — dedi shifokor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirusning yangi turlariga qarshi kurashish usulini ma’lum qildi