Turkiyaning Bursa viloyatida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun buta daraxtidan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi, deb yozadi Haberler.
Qo‘lda ishlangan taxt 3 oy ichida tayyor bo‘ldi. Bunday noyob buyurtmaning bozor narxi 10 ming dollarni tashkil qilishi mumkin. Taxtning umumiy vazni 500 kilogramm.
G‘ayrioddiy buyurtmani bajargan duradgorning so‘zlariga ko‘ra, ozarbayjonlik ayol unga maxsus iltimos bilan murojaat qilgan - taqdim etilgan rasmga asosan "Attila taxtini" zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan yasashni so‘ragan.
Bursa'da Atilla'nın tahtı yapıldı https://t.co/umm9Q6GI3J #bursa pic.twitter.com/rb8TNRV6ad
— Bursa.com (@bursacom16) February 14, 2021
Attila 434-453 yillarda xunlarning hukmdori bo‘lgan. U o‘z hukmronligiga turk, german va boshqa qabilalarni birlashtirdi: Ural daryosidan Reyn daryosigacha va Dunay daryosidan Boltiq dengizigacha cho‘zilgan imperiyaning yetakchisi edi.
Attila - G‘arbiy Yevropaning aksariyat qismida ochko‘zlik va shafqatsizlik timsoli sifatida esga olinadi. 452 yilda Italiyaning aksariyat qismini vayron qilgan holda qaytib kelgan. Attila o‘z qoniga botib, vafot etgan.
Tarixchilar "Yevropani vayron qiluvchisi" Attila uxlayotgan vaqtda ismi aytilmagan rafiqasi tomonidan pichoqlab o‘ldirgan, degan mish-mishlar ham tarqalganligini aytishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...