Xorvatiya tarixidagi ilk ayol prezident qasamyod qabul qildi

Xorvatiya tarixidagi ilk ayol prezident qasamyod qabul qildi
Xorvatiya tarixidagi ilk ayol prezident qasamyod qabul qildi

Xorvatiya prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan ilk ayol – Kolinda Grabar-Kitarovich qasamyod qabul qildi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.

Inaugurasiya marosimidagi nutqida Grabar-Kitarovich “Xorvatiyani boy-badavlat mamlakatga aylantirish” uchun qo‘lidan kelgan hamma choralarni ko‘rishga va’da berdi.

Saylovlarda muxolifatdagi “Xorvatiya demokratik hamdo‘stligi” konservativ partiyasi nomidan ishtirok etgan Kolinda Grabar-Kitarov, ikkinchi turda amaldagi prezident Ivo Yosipovichni mag‘lub etdi.

Avvalroq, Yosipovich saylovlarda 51,4 foiz ovozni qo‘lga kiritgan Grabar-Kitarovichni g‘alaba bilan tabriklagan edi.

Manba: www.kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar