2 014
Britaniyada eshiklarni tumshug‘i bilan taqillatib, odamlarni qo‘rqitib kelayotgan oqqush (video)
Kadr: SWNS
Britaniyadagi Nortgempton shahrida joylashgan tumanlardan birining aholisi besh yildan buyon uyma-uy yurib, tumshug‘i bilan eshiklarni taqillatadigan va eshikdagi pochta qutisi qopqog‘ini jaranglatadigan Sedrik laqabli oqqushdan bezor. Qush uch soat davomida shovqin ko‘tarishi mumkin, deb yozadi Esquire.
Nortgemptonlik Stiven Leggning so‘zlariga ko‘ra, oqqush deyarli sakkiz yildan buyon yaqin atrofdagi ko‘lda o‘z jufti bilan yashaydi, biroq dastlabki yillarda u hech kimga zarar bermagan. So‘nggi besh yil ichida esa qush bahordan boshlab yoz oxiriga qadar mahalliy aholining «joniga tegadi». Sedrik hech qanday zarar yetkazmaydi, biroq yoqimsiz shovqin butun uy bo‘ylab tarqaladi.
Stivenning aytishicha, u bir safar oqqushlarni qo‘rqitadigan ultratovushli qurilmani sotib olgan, ammo bu Sedrikka yoqib qolgan. Shunda britaniyalik pochta qutisi qopqog‘ini yopib, oqqushdan qutilmoqchi bo‘lgan, biroq buning oqibatida u bir oy pochta qabul qila olmagan.
Hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha qirollik jamiyatining taxminicha, Sedrik hasharotlarni yo‘q qilishga urinmoqda. Biroq Stivenning ta’kidlashicha, pochta qutisida hech qanday hasharot yo‘q, ko‘ldagi oqqushlarni esa deyarli barcha oziqlantiradi, shu sababli ular doimo to‘q.
Boshqa versiyaga ko‘ra, odamlar Sedrikni kirish eshigi oldida ovqatlantirgan va u bunga ko‘nikib qolgan. Stiven hech qachon bunday qilmaganini ta’kidlaganiga qaramay, oqqushning hujum ob’ektiga aylanib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi