2100 yilga qadar Shimoliy yarimsharda yoz fasli 6 oygacha davom etadi. Bu haqda xitoylik olimlarning prognoziga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Olimlar 1952 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan iqlimga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan va bu vaqt ichida yozning o‘rtacha davomiyligi 17 kunga uzayganini aniqlagan.
«Agar hech narsa o‘zgarmasa, yuz yillikning oxiriga borib, yoz va bahor oylari 2011 yilga qaraganda bir oy erta, kuz va qish esa yarim oy keyinroq boshlanadi. Bu esa 2100 yilga borib yozning yarim yil, qishning esa ikki oydan kamroq davom etishiga olib keladi», — deb yozadi tadqiqotchilar.
Xitoy Fanlar akademiyasining fizik-okeanologi Yupin Guanning ogohlantirishicha, yil vaqtlari o‘zgarsa, ayrim oqibatlar insonlar va tabiat uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar va hayvonlar tabiatdagi o‘zgarishga moslashishga majbur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi