Foto: Reuters
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish maqsadida o‘zining «45office.com» shaxsiy saytini ishga tushirdi, deb yozmoqda Meduza.
«Donald Trampning ofisi Tramp ma’muriyatining buyuk qadriyatini saqlab qolishga intilmoqda, shu bilan birga, America First (Amerika birinchi navbatda) dasturini ilgari surmoqda», — deyilgan sayt tavsifida.
Saytda hozircha uchta sahifa mavjud. Ulardan biri Donald va Melaniya Tramplarning tarjimai holiga, ularning AQSHning 45-prezidenti va birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan.
Saytning asosiy sahifasi amerikaliklarga Tramp bilan «o‘z fikrlarini o‘rtoqlashish»ni taklif qiladi. Buning uchun shaxsiy aloqa ma’lumotlari bilan anketani to‘ldirish lozim. Shuningdek, sobiq prezident oilasiga biror ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish yoki ma’lum vaziyatlarda ulardan tabrik yo‘llashini so‘rash uchun alohida imkoniyat mavjud. Uchinchi sahifa OAVdan keladigan so‘rovnomalarga mo‘ljallangan.
Saytda tarafdorlar bilan ochiq-oydin yozishmalar olib borish imkoniyati mavjud emas.
Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchilar tomonidan tashkil etilgan «Amerikani qutqarish marshi» nomli norozilik namoyishi ishtirokchilari 2021 yil 6 yanvar kuni poytaxt Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirgan edi.
Natijada yanvar oyining boshida Facebook va Instagram Donald Trampning akkauntini prezidentlik muddati tugaguncha blokladi. Twitter esa Trampning shaxsiy akkauntini «keyinchalik zo‘ravonlikka da’vat etishning yuqori xavfiga bog‘liqligi sabab» butunlay blokladi.
Keyinroq Trampning maslahatchisi Jeyson Miller Fox News telekanali efirida AQSHning sobiq prezidenti ikki-uch oy ichida «o‘z platformasi bilan» ijtimoiy tarmoqlarga qaytishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi