13:54 / 02.04.2021
1 085

Baydenning o‘g‘li giyohvandlikka ruju qo‘yganiga iqror bo‘ldi

Baydenning o‘g‘li giyohvandlikka ruju qo‘yganiga iqror bo‘ldi
Foto: Visar Kryeziu/AP
Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li — Xanter alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘yganligiga iqror bo‘lgan. U bu haqda 6 aprelda sotuvga chiqariladigan «Chiroyli narsalar» kitobida so‘zlab berdi, deb yozmoqda The Washington Pots nashri.

Kichik Baydenning aytishicha, giyohvandlik 2015 yilda akasi saraton kasalligidan vafot etganidan keyin uning muammosiga aylangan. Xanter Ukrainaning Burisma gaz kompaniyasi boshqaruvida ishlagan pulini spirtli ichimliklar va turli xil psixoaktiv moddalarga sarflab, ularga qaram bo‘lib qolgan.

Kitobda kichik Baydenning reabilitatsiya markazlarida davolanganligi ham aytib o‘tilgan.

«So‘nggi besh yil ichida mening yigirma yillik nikohim buzildi, peshonamga miltiq tirashdi, men bir vaqtlar yo‘qolganman, motellarda yashaganman, bir kecha uchun 59 dollar to‘laganman. O‘zimdan ko‘ra ko‘proq oilamdagilarni ko‘proq xavotirga qo‘ydim», — deyiladi hikoyada.

Shu bilan birga, Xanter Bayden otasi Jo AQSHning vitse-prezidenti bo‘lgan paytda Burismada ishlash beadablik bo‘lganiga ishonmaydi. U otasining siyosiy faoliyati unga yordam berganini tan oladi, ammo «biz noqonuniy ish qilishmaganmiz», deydi.

Jo Bayden prezident Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lib ishlagan davrida AQSH tashqi siyosatining Ukraina yo‘nalishini nazorat qilgan. Shtatlarda bo‘lib o‘tgan saylov poygasi paytida shundan mojaro kelib chiqqan – Bayden vitse-prezident bo‘lib ishlayotganida uning o‘g‘li Xanter rahbarlik qilayotgan Burisma faoliyatini tekshirayotgan Ukraina Bosh prokurori Viktor Shokinni ishdan bo‘shatishni talab qilgani aytiladi.

Baydenning raqiblari — respublikachilar va 45-prezident Donald Tramp uni va o‘g‘lini korrupsiyada ayblashgandi. Xanter Bayden neft va gaz sohasida tajribaga ega bo‘lmagan holda, kompaniya boshqaruvining a’zosi sifatida 50 ming dollargacha pul olgan. Bayden bu ayblovlarni rad etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Baydenning o‘g‘li giyohvandlikka ruju qo‘yganiga iqror bo‘ldi