16:13 / 07.04.2021
2 582

10-qavatdan tushib ketgan o‘quvchi qiz tirik qoldi

10-qavatdan tushib ketgan o‘quvchi qiz tirik qoldi
Foto: Konstantin Kokoshkin/Global Look Press
Qrimda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 10-qavatdan yiqilib tirik qoldi. U ko‘plab jarohatlar bilan Simferopoldagi shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiyot xodimlari ahvolini barqaror deb baholamoqda.

Hodisa 4 aprel kuni Alushtada sodir bo‘lgan. Qiz do‘stlari bilan birga Perekopskaya ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyda aylanib yurganda, birdan lift shaxtasiga tushib ketgan.

Voqea yuzasidan Qrim Respublikasi tergov qo‘mitasi departamenti tergovchilari tekshiruv ishlarini boshlab yubordilar. Ular o‘smirlarning bolalar bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun mo‘ljallanmagan va xavfli bo‘lgan ob’ektda bo‘lish holatlarini o‘rganishmoqda. Bundan tashqari, ob’ekt egasi tomonidan xavfsizlik standartlariga muvofiqligi o‘rnatiladi, deyiladi agentlik saytida. Tekshiruv natijalari bo‘yicha protsessual qaror qabul qilinadi.

Respublika prokuraturasi o‘z navbatida sud orqali mulk egasidan uzoq muddatli qurilishni to‘xtatishni va u yerga begonalar kiritilmasligini talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 10-qavatdan tushib ketgan o‘quvchi qiz tirik qoldi