Foto: «Archynewsy.com»
Belgiyalik sobiq professional bokschi Farid Hakimi seriyali jinoyatlarda aybdor deb topildi. Bu haqda «The Brussel Times» nashri xabar bergan.
Hakimi 2015 yildan 2017 yilgacha jinoiy to‘da tarkibida jinoyatlarni sodir etgan. To‘da boshlig‘i hisoblangan Hakimi 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda hammasi bo‘lib 18 kishi javobgarlikka tortildi. Hakimi mazkur ish bo‘yicha ayblangan yagona mashhur shaxs emas. Shuningdek, teleboshlovchi Stefani Pauyels bitta epizodda qatnashgani uchun 30 oylik shartli qamoq jazosini oldi.
«Men ahmoqlik qildim va bu jiddiy oqibatlarga olib keldi», — deya hukmni izohladi Hakimi. U o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Hakimi so‘nggi jangini 2017 yilda o‘tkazgan. Uning hisobida 11 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor. 2016 yilda Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) International unvoni uchun kechgan bahsda britaniyalik Tom Farrelga imkoniyatni boy bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring